Andijonda fuqaroni ayovsiz kaltaklagan shaxslar ushlandi

Andijonda fuqaroni ayovsiz kaltaklagan shaxslar ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bir guruh shaxslar bir kishini temir bo‘lagi va bitalar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Unda aytishicha, internentda tarqalgan holat bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar ushlangan.

Ularga nisbatan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-modda 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.

“Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqararligi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i” bandida (bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!