Toshkentda yuk mashinasi 6 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi 6 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi

25 iyun soat 12:00 da «102» raqamiga Chilonzor tumanida 32 yoshli Howo rusumli yuk avtomobili haydovchisi Tal’at T. «Bunyodkor» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotganida qarama-qarshi yo‘lakka o‘tib ketgani va 6 ta avtomobil bilan to‘qnashganligi haqida xabar keldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

To‘qnashuvga uchragan 3 ta Matiz, Lacetti, Cobalt va Spark mashinalarining haydovchilari orasida jarohat olganlar yo‘q.

YTH natijasida avtomobillarning biridan ajralgan qism yo‘lda ketib borayotgan 21 yoshli piyoda Sanobarni jarohatlagan. U yengil tan jarohati olgan va tibbiy xizmatga murojaat qilgan.

YTHning taxminiy sababi: yuk avtomobilining haydovchisi rulni boshqarayotgan payti uxlab qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!