Toshkentda qator ko‘chalarda avtotransport harakati to‘xtatiladi

Toshkentda qator ko‘chalarda avtotransport harakati to‘xtatiladi

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari sabab, ayrim ko‘chalarda ma’lum vaqtgacha avtotransport harakati to‘xtatiladi.

Kecha, 24 iyun kunidan boshlab sovuq suv trubalarining almashtirilishi sabab (ta’mirlash ishlari uchun taxminan bir oy vaqt kerak bo‘ladi) Nukus ko‘chasiga qarab Farg‘ona yo‘li ko‘chasi Talimarjon ko‘chasiga qadar (Qarama-qarshi tomonga qarab harakat ochiq bo‘ladi) yo‘l yopiq bo‘ladi. Mehrjon ko‘chasi bo‘ylab harakatni davom ettirsa bo‘ladi.

 

Metro yo‘nalishi qurilishi sabab esa 23 iyun kunidan boshlab qurilish tugallangunga qadar Elbek ko‘chasi Aviasozlar ko‘chasidan (mo‘ljal Yashnoobod tumani IIOFMB) Alimkent ko‘chasiga qadar bo‘lgan yo‘l (Mo‘ljal Do‘stlik metrosi) avtotransport harakati uchun yopiq bo‘ladi. Haydovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Alimkent ko‘chasi bo‘ylab avtotransport vositalarining qarama-qarshi harakatiga ruxsat berilgan.

 

Bunyodkor ko‘chasida kapital qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan kichik aylanma yo‘l bugun, 25 iyun kunidan boshlab Muqimiy ko‘chasiga qadar va Qatortol ko‘chasining 2-o‘tish joyi, Chilonzor ko‘chasidagi Do‘mbirobod 4-o‘tish joyi hamda Qatortol ko‘chasi va Kichik xalqa yo‘lida avtotransport harakati to‘xtatiladi.

 

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB shahar aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelgan noqoluyliklarni to‘g‘ri tushunishlari ta’kidlab o‘tgan.

Manba: uznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!