Toshkentda koreyalik fuqaro hamyurtimizni katta pulga chuv tushirdi

Toshkentda koreyalik fuqaro hamyurtimizni katta pulga chuv tushirdi

Toshkent shahri. 2020 yilning oktyabr oylarida Koreya Respublikasi fuqarosi 59 yoshli Kim Eon Sun Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo‘la turib, 37 yoshli Sanjar X., ning ishonchiga kirib uni Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, jami 57 000 AQSh dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kim Eon Sunga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!