Toshkentda "dorilarning bemorlarga qimmat narxga sotilganligi" yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (VIDEO)

Toshkentda "dorilarning bemorlarga qimmat narxga sotilganligi" yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (VIDEO)

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh shifokorlar murojaati yuzasidan bayonot berdi.

 

Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali bir guruh xodimlarining murojaati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan hamkorlikda yanvar oyi davomida o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijasida to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga taqdim etilgan va holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari  amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!