Baydenning ukasi Qatar bilan Amerika biznesiga pul jalb qilish uchun ishlagan

Baydenning ukasi Qatar bilan Amerika biznesiga pul jalb qilish uchun ishlagan

AQSh prezidenti Jo Baydenning ukasi , biznesmen Jeyms Bayden Qatar rasmiylari bilan AQSh sog‘liqni saqlash korxonalari uchun mablag‘ yig‘ishda ishlamoqda. Bu haqda Politico gazetasi davlat rahbari akasining sobiq biznes sherigi Maykl Lyuittga tayanib xabar bermoqda .

Xabar qilinishicha, Jeyms Bayden Qatar manbalaridan mablag‘ yig‘ish harakatlarini Jo Bayden vise-prezidentlikdan to‘xtaganidan keyin boshlagan. Lyuittning qayd etishicha, prezident akasining sa’y-harakatlariga hissa qo‘shgan ikki kompaniya qisman Qatar hukumati a’zolariga tegishli.

Politico ta’kidlashicha, agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Jeyms Baydenning moliyaviy aloqalari AQSh prezidentining qarindoshi va xorijiy davlat hukumati o‘rtasidagi eng yaqin aloqalardan biri bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!