Toshkentda 31 yoshli mast ayol 27 yoshli erkakning fojiali o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkentda 31 yoshli mast ayol 27 yoshli erkakning fojiali o‘limiga sababchi bo‘ldi

2019 yil 24 iyun kuni taxminan soat 03:50da Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Mirzo Ulug‘bek – Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida YTH sodir bo‘ldi.

Bu haqda, toshkent shahar IIBB xabar berdi.

«Nissan Maxima» avtomashina boshqaruvida bo‘lgan 31 yoshli haydovchi Tatyana T. piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan 27 yoshli Bobur K.ni urib yuborgan. Yo‘l transport hodisasi natijasida Bobur K. voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Holatni o‘rganish natijasida haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilishi natijasida mast holatda bo‘lgani hamda belgilangan tezlikdan yuqori tarzda harakat qilgani aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!