Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti’da ikki talabani urib yubordi

Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti’da ikki talabani urib yubordi

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20 aprel kuni soat 18:40 larda Yangi Namangan tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchi 17 yoshli yigit tog‘asining Lacetti’sida harakatlanganda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan yigit yo‘lning chap tomonida turgan, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi, Namangan muhandislik-qurilish institutining ikki nafar talabasini urib yuborgan.

Jabrlanuvchilardan biri shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi esa yengil jarohat olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!