Og‘ir vaznda UFC sobiq chempioni Ngannuning 18 oylik o‘g‘li vafot etdi

Og‘ir vaznda UFC sobiq chempioni Ngannuning 18 oylik o‘g‘li vafot etdi

Og‘ir vaznda UFC'ning sobiq chempioni, kamerunlik Frensis Ngannu o‘g‘lini yo‘qotganini ma’lum qildi.

“Agar biz juda qattiq kurashayotgan narsa bizga eng ko‘p zarar keltirsa, hayotning ma’nosi nima? Nega hayot shunchalik adolatsiz? Nega u shunchalik adolatsiz va shafqatsiz? Men bundan juda charchadim”, deb yozdi Ngannou ijtimoiy tarmoqda.

Aralash yakkakurashlarda Ngannu 17 bor g‘alaba qozongan va 3 marta mag‘lub bo‘lgan.

9 mart kuni britaniyalik Entoni Joshua Ar-Riyoddagi turnirda Ngannu ustidan nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Joshua kamerunlikni ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Ngannu faoliyatidagi ikkinchi professional jangida mag‘lub bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!