Shimoliy Koreya yalpi ichki mahsulotining real o‘sishi 3,1 foizni tashkil etdi

Shimoliy Koreya yalpi ichki mahsulotining real o‘sishi 3,1 foizni tashkil etdi

2023 yilda Shimoliy Koreya yalpi ichki mahsulotining real o‘sishi 3,1 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichning 2020 yildan beri birinchi marta o‘sishi va 2016 yildan beri eng yaxshi natijadir, deyiladi Janubiy Koreya Markaziy banki hisobotida.

O‘sish omillari mamlakatning og‘ir va kimyo sanoati bo‘ldi (o‘sish 4,7 foizga, 2022 yildagi 9,5 foizga pasayish). Eksport 0,33 mlrd dollarni (o‘sish 104,5%), import 2,44 mlrd dollarni (o‘sish 71,3%) tashkil etdi. Bank, ayniqsa, poyabzal, bosh kiyim va parik eksportining 1319,3 foizga o‘sishini qayd etadi. Import tovarlari orasida bank o‘g‘itlar (1404%) va plastmassa buyumlar (78,1%) importining o‘sishini ko‘rsatmoqda.

Bloomberg ekspertlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining uch yil ichida birinchi marta o‘sishini Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan aloqalari, xususan, agentlik ta’kidlaganidek, harbiy sohada faollashgani bilan bog‘lashmoqda.

Janubiy Koreya Markaziy banki har yili shunday hisobotlarni e’lon qiladi. Dunyoda ular Shimoliy Koreya iqtisodiyoti haqida eng ishonchli ma’lumot manbai hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!