G‘arb Ukraina bo‘yicha muzokaralar yaqinda boshlanishini e’lon qildi

G‘arb Ukraina bo‘yicha muzokaralar yaqinda boshlanishini e’lon qildi

Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari bir necha oy ichida boshlanishi mumkin. Bu haqda Aleksandr Merkuris fikr bildirdi.

"Frontdagi vaziyat va Qo‘shma Shtatlarning yangi ichki siyosiy voqeliklarini inobatga oladigan bo‘lsak, kelgusi bir necha oy ichida Yevropa qandaydir nochor vaziyatga tushib qolishi ehtimoli bor. Shuning uchun yo amerikaliklar va ruslar, yoki ruslar va ukrainaliklar mojaroni hal qilish uchun tinch muzokaralarni boshlaydilar”, - deya qayd etdi ekspert.

Merkurisning qo‘shimcha qilishicha, "Kiyev o‘zining yutqazayotgan mavqeini allaqachon anglab yetgan", shuning uchun vaziyatdan chiqish yo‘lini izlamoqda. Biroq, ekspertning ta’kidlashicha, inqirozni hal qilish uchun Ukraina "ertami-kechmi yon berishi kerak".

Avvalroq Bundestagdagi so‘l fraksiya rahbari Zeren Pelman G‘arb davlatlarining Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishlari mojaroning yechimiga yordam bermasligi, aksincha, uni yanada og‘irlashtiradi, degan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva va Kiyev muzokaralar stoliga yig‘ilishi kerak, chunki "“har ikki tomon ham bunga tayyorlik signallari bor".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!