Kreml Parijda hibsga olingan Rossiya fuqarosi haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi

Kreml Parijda hibsga olingan Rossiya fuqarosi haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi

Kremlda hozircha Parijda Olimpiada vaqtida "beqarorlashtirish" choralarini ko‘rishga urinishda gumon qilingan rossiyalikning hibsga olingani haqida to‘liq ma’lumot yo‘q, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Fransiya matbuotiga ko‘ra, erkak hozir tergov izolyatorida.

"Bizda hech qanday ma’lumot yo‘q, biz OAV xabarlarini ko‘rdik, bu ish bo‘yicha juda qiziq ma’lumot. Nazariy jihatdan, bizning elchixonamiz xabardor bo‘lishi kerak. Umid qilamanki, ma’lumotlar ularga taqdim etiladi", — dedi Dmitriy Peskov matbuot anjumanida chog‘ida.

Parijda rossiyalikning Olimpiada paytida “beqarorlashtiruvchi” voqealarni tayyorlashda va josuslikda gumon qilinib hibsga olingani 24 iyul kuni ma’lum bo‘ldi. Le Monde nashrining yozishicha, ayblanuvchi 40 yoshli Kirill Gryaznov. Yevropa razvedka idoralari uni may oyidan buyon kuzatmoqda. 23 iyul kuni bu shaxsga nisbatan "Fransiyada nafrat uyg‘otish maqsadida xorijiy davlatga razvedka ma’lumotlarini uzatish" aybi qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!