Shimoliy Koreyalik xakerlar butun dunyo bo‘ylab kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda

Shimoliy Koreyalik xakerlar butun dunyo bo‘ylab kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblanmoqda

Shimoliy Koreya xakerlari maxfiy harbiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun butun dunyo bo‘ylab turli mudofaa va muhandislik kompaniyalarining kompyuter tizimlarini nishonga olmoqda.

Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (NSA), Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi (NCSC) va Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) qo‘shma hisobotida aytiladi.

Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Andariel xakerlar guruhi, shuningdek, Apt45 nomi bilan ham tanilgan, tanklar, suv osti kemalari, jangovar samolyotlar, raketalar va radar tizimlari ishlab chiqaruvchilarning kompyuter tizimlariga hujum qilmoqda, deyiladi hisobotda.

AQSH, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya davlat idoralarining ta’kidlashicha, Yaponiya va Hindistondagi turli sanoat tarmoqlari ham nishonga olingan.

Qo‘shma bayonotga ko‘ra, Andariel kiberguruhi «AQShdagi ayrim sog‘liqni saqlash tashkilotlariga qarshi to‘lov dasturi orqali josuslik faoliyatini moliyalashtiradi».

AQSh Adliya vazirligi kiberguruh a’zosi bo‘lgan Shimoliy Koreya fuqarosi Rim Jong Xyokni AQSh tibbiyot muassasalariga kiberhujum uyushtirganlikda aybladi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya fuqarosi bu yerdan olingan to‘lovlardan foydalanib, butun dunyo bo‘ylab davlat idoralariga qarshi xakerlik faoliyatini amalga oshirgan.

Ayblov xulosasida aytilishicha, Rim Jung Xyuk va boshqa shimoliy koreyalik xakerlar AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita bazasi, NASA hamda Tayvan, Janubiy Koreya va Xitoydagi bir qancha tashkilotlar tizimlarini buzib kirishga uringan.

AQSh Davlat departamenti Andariel a’zosi Rim Chen Xyukning joylashuvi yoki shaxsini aniqlovchi ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot belgiladi.

2023 yil boshida BMT Shimoliy Koreya 2022 yilda o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq raqamli pul o‘g‘irlaganini ma’lum qildi. Xalqaro kuzatuvchilarning aytishicha, o‘g‘irlangan mablag‘ Shimoliy Koreyaning sanksiyadagi yadroviy va raketa dasturlari uchun sarflanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!