O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot insitituti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot insitituti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi “Kriminologik faoliyatni ilmiy ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 15 yanvardagi PF-10-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilgan hamda faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan edi.

Mazkur qaror bilan:

a) O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti to‘g‘risidagi nizom:

Kriminologiya instituti faoliyatining asssiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari;

Kriminologiya institutining huquqlari va majburiyatlari;

Kriminologiya instituti faoliyatini tashkil etish, mulki va moliyaviy mablag‘lari;

Kriminologiya instituti xodim va xizmatchilarining ilmiy faoliyatini baholash tartibi;

b) Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish metodikasi:

kriminologiya sohasida dissertasiya tadqiqotlari bajarilishini tashkil etish;

kriminologiya sohasida tashabbus va buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish;

Kriminologiya institutining ilmiy takliflari bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

“Jamoat xavfsizligi bo‘yicha tashabbus indeksi” (i-indeks)HH yuritish tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!