Zoir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat budjetidan 3 mlrd. so‘mga yaqin pul ajratdi(mi)?

Zoir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat budjetidan 3 mlrd. so‘mga yaqin pul ajratdi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Zoir Mirzayev xodimlarini rag‘batlantirish uchun viloyat budjetidan 3 mlrd. so‘mga yaqin pul ajratdi» mazmunidagi tanqidiy xabarlar e’lon qilinmoqda.

Mazkur mablag‘lar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda «Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi» xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan rag‘batlantirish mablag‘laridir.

Xodimlarni rag‘batlantirish mezonlari mavjud bo‘lib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorigi 7 ta yo‘nalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi.

Ajratilgan mablag‘lar davlat Rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikamizda davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar to‘lanishi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!