Moskvada suiqasd uyushtirgan fuqaro ukrain maxsus xizmatlari buyurtmasini bajarganini tan oldi

Moskvada suiqasd uyushtirgan fuqaro ukrain maxsus xizmatlari buyurtmasini bajarganini tan oldi

Moskvada Rossiya Mudofaa vazirligi zobitining avtomashinasini portlatishda ayblanayotgan Yevgeniy Serebryakov juma kuni Rossiya FSB tomonidan tarqatilgan videoda so‘roq paytida o‘tgan yili Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishga qaror qilgani, ular bilan internet orqali bog‘langani va Mudofaa vazirligi zobitini o‘ldirishni taklif qilganini aytdi.

“2023 yil fevral oyida men Ukraina razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilish maqsadida hamjamiyat ma’muri bilan faol bog‘landim”, - dedi Serebryakov so‘roq paytida.

Keyinchalik, o‘z taxminlariga ko‘ra, "Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimi" bo‘lgan Ilya bilan aloqa qila boshladi. "Biz u bilan gaplashdik, Istanbulda bir uchrashuv bo‘ldi, men qo‘lbola portlovchi qurilmani yig‘ish uchun qismlarni oldim. Va ofiserni yo‘q qilishni taklif qildim", - dedi Serebryakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “nazorat ostida va ko‘rsatmalar bilan portlovchi moslamani yig‘ib, mashina ostiga qo‘ygan”.

"Ilya menga Ukraina fuqaroligini va 10 dan 20 ming dollargacha mukofot va’da qildi", - dedi u.

Serebryakov Moskvada avtomobilni portlatib yuborganidan so‘ng Turkiyaning Bodrum shahriga qochgan va o‘sha yerda qo‘lga olinib, juma kuniga o‘tar kechasi Moskvaga yetkazilgan.

Serebryakovga bir guruh shaxslar tarkibida oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan umumiy xavfli tarzda ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirishga urinish va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi bo‘yicha sirtdan ayblov qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, 24 iyul kuni ertalab Moskvaning Sinyavinskaya ko‘chasidagi uylardan birining hovlisida avtomobil portlashi sodir bo‘ldi, natijada ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Avtomobil egasi Rossiya Qurolli Kuchlari polkovnigi bo‘lgan. “Interfaks” agentligi suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, haydovchi o‘rindig‘i ostiga sig‘imi taxminan 500 gramm trotil bo‘lgan portlovchi moslama qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!