Slovakiya bosh vaziri Rossiya neftining Ukraina orqali tranzitiga texnik yechim taklif qildi

Slovakiya bosh vaziri Rossiya neftining Ukraina orqali tranzitiga texnik yechim taklif qildi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Ukrainaga Rossiyadan neft tranziti uchun texnik yechim taklif qildi. Bu haqda Slovakiya hukumati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Fiso bu taklifni Ukraina hukumati rahbari Denis Shmigal bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida bildirgan. Slovakiya bosh vaziri aynan qanday taklif bilan chiqqani aytilmagan.

"Bosh vazir Robert Fiso ukrainalik hamkorga bir qancha davlatlar, jumladan Slovakiya ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan texnik yechim taklif qildi", — deyiladi hukumat bayonotida.

Fiso avvalroq Lukoylning sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shilishi sanksiyalarning bema’niligiga misol ekanini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!