Yo‘l bermay qayrilgan Cobalt haydovchisi bir fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi

Yo‘l bermay qayrilgan Cobalt haydovchisi bir fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi

Qo‘shtepa tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy malumot berildi.

2024 yil 26 iyul kuni soat 14:30 larda, 1950 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 228 km.da qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi T.R boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobiliga yo‘l bermay qayrilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada “Vaz-2103” rusumli avtomobil haydovchisi N.E tan jarohati bilan Qo‘shtepa tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Hurmatli haydovchilar o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostida qoldirmaslik uchun yo‘l harakati qoidalariga amal qiling!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!