G‘arbiy Sohilda uchinchi kundan beri hujumga uchragan Qalqilyada qarshilik jangchilari 3 nafar bosqinchini yaraladi. Shu soatlarda Jenin shahrida shiddatli janglar ketmoqda

G‘arbiy Sohilda uchinchi kundan beri hujumga uchragan Qalqilyada qarshilik jangchilari 3 nafar bosqinchini yaraladi. Shu soatlarda Jenin shahrida shiddatli janglar ketmoqda

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 294 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar G‘azo va Xon Yunisning markazi bo‘lgan Rafahga hujum qildi. 24 soat ichida 30 falastinlik halok bo‘ldi.

▪️2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 39175 nafar falastinlik, jumladan 10798 nafar ayol va kamida 16172 nafar bola qurbon bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda uchinchi kundan beri hujumga uchragan Qalqilyada qarshilik jangchilari 3 nafar bosqinchini yaraladi. Shu soatlarda Jenin shahrida shiddatli janglar ketmoqda.

▪️Isroil armiyasi Givati brigadasining 37 yoshli zahiradagi kaprali Moti Rafi G‘azo sektori janubidagi to‘qnashuvlar paytida halok bo‘lganini ma’lum qildi. 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida o‘ldirilgani rasman tan olingan askarlar soni 688 taga yetdi, shu jumladan, eksklavga quruqlikdan hujum boshlanganidan beri 328 ta.

▪️BMT: 10 g‘azolikdan 9 nafari majburan ko‘chirilgan. Taxminan 2,3 million aholiga ega mintaqa aholisining boshqa boradigan joyi yo‘q, deya ta’kidladi YUNRVA.

▪️2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil qo‘shinlari tomonidan hibsga olingan falastinlik jurnalistlar soni 91 nafarga yetdi, deb xabar berdi Falastin asirlari uyushmasi.

▪️HAMASning G‘arbiy Sohildagi yetakchisi va asoschilaridan biri 63 yoshli Mustafo Abu Ara Isroil qamoqxonasida vafot etdi. U 2023 yil oktyabr oyida hibsga olingan va qiynoqqa solingan.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon Yunis, Rafah va Nitsarim o‘qida bosqinchilarga hujum qildi. Ishg‘ol uskunalari yo‘q qilindi.

▪️Iroq g‘arbidagi Anbardagi Amerikaning Ayn al-Asad aviabazasiga raketa zarbasi berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!