Ukraina RF raisligida BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

Ukraina RF raisligida BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

Ukraina Rossiya raisligida o‘tadigan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligining Telegram’dagi xabarida aytiladi.

Uchrashuv G‘arb davlatlari tomonidan Ukraina Qurolli kuchlariga qurol yetkazib berish masalasiga bag‘ishlanadi.

«Shunday qilib, Ukraina delegasiyasi Xavfsizlik Kengashidagi Sovet Ittifoqining doimiy o‘rnini egallab turgan Rossiya Federasiyasining noqonuniyligi haqidagi o‘zining prinsipial pozisiyasini tasdiqlaydi», - deya ta’kidladi Ukraina diplomatik departamenti.

TIVning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina tomoni Rossiya Federasiyasi raisligida o‘tkaziladigan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishlarida faqat BMTga shoshilinch ma’lumotlarni yetkazish zarurati tug‘ilgan taqdirdagina ishtirok etishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!