Evropa Ittifoqi Rossiya pullarini Ukrainaga o‘tkazdi

Evropa Ittifoqi Rossiya pullarini Ukrainaga o‘tkazdi

Juma kuni Yevropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 1,5 milliard yevro ajratilishini e’lon qildi - bu muzlatilgan Rossiya aktivlari foydasidan olingan pulning birinchi qismi.

May oyida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlari hisobidan milliardlab yevroni Ukrainani qurollantirish va urushdan keyingi rekonstruksiya ishlarini moliyalashtirish uchun ishlatishga kelishib oldilar.

EI 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishi sababli Moskvaga kiritilgan sanksiyalar doirasida Rossiya markaziy bankining blokdagi 200 milliard yevroga yaqin aktivlarini muzlatib qo‘ydi.

Evropa Ittifoqida muzlatilgan mablag‘larning qariyb 90 foizi Belgiyaning Euroclear xalqaro depozitariy institutiga tegishli.

💬 «Evropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi. Bugun biz Rossiyaning harakatsiz aktivlaridan olingan 1,5 milliard yevroni Ukrainani mudofaa va rekonstruksiya qilishga o‘tkazmoqdamiz», — dedi Yevropa Ittifoqi prezidenti Ursula fon der Lyayen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!