Xalqaro olimpiya qo‘mitasi delegasiyasini qabul qilgan Parij mehmonxonasida ish tashlash boshlandi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi delegasiyasini qabul qilgan Parij mehmonxonasida ish tashlash boshlandi

2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) delegasiyasi istiqomat qilayotgan Parijdagi besh yulduzli Hôtel du Collectionneur mehmonxonasi xodimlari ish tashlashga chiqdi. Ular o‘z harakatlariga maoshlari yetti yildan beri oshirilmagani sabab bo‘lgan, deb yozadi The Guardian gazetasi.

"XOQ delegasiyasi payshanba kuni ertalab g‘ala-g‘ovur bo‘lib qoldi... bir guruh oshpazlar, ofisiantlar va mehmonxona texniklari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:00 da ikki soatlik norozilik namoyishini boshlab, nonushta xizmatida biroz uzilishga sabab bo‘ldi", — deyiladi postda.

Qayd etilishicha, XOQ rahbariyati Olimpiada vaqtida mehmonxonada muntazam kechki ovqatlar va qo‘mita tadbirlari o‘tkazilishi kerak bo‘lganligi sababli sarosimaga tushgan.

Associated Press nashri xabariga ko‘ra, o‘nlab xodimlar mehmonxona yo‘laklariga "Hashamatli mehmonxona – ochlik maoshi", "13-maosh yo‘q – Olimpiada o‘tkazilmaydi" va "Bizga ijtimoiy nafaqalarimizni qaytarib bering" degan yozuvlar bilan chiqishgan.

Mehmonxona rahbariyati jurnalistlarga xodimlar manfaatlarini ifodalovchi Union Départementale CGT Paris (UD CGT) bilan muzokaralar olib borayotganini va norozilikka qaramay, muassasaning uzluksiz ishlashini ta’minlash tarafdori ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!