Ukrainalik fuqaro harbiy ro‘yxatga olish va tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik uchun barmoqlarini chopib tashladi

Ukrainalik fuqaro harbiy ro‘yxatga olish va tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik uchun barmoqlarini chopib tashladi

Ukrainada bir erkak harbiy xizmatga qabul qilish bo‘limiga borganida tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik uchun barmoqlarini kesib tashladi. Hodisa Odessa viloyatining Belgorod-Dnestrovskiy shahrida sodir bo‘lgan.

Chaqiruv bo‘yicha kelgan odam frontga borishni xohlamadi. Shu bois, u binodan o‘t o‘chirish boltasini topdi va tibbiy ko‘rikdan o‘tmaslik uchun o‘ng qo‘lining ikki barmog‘ini bilan chopib tashladi, deb yozadi "Strana.ua".

Biroq, bunday radikal chora unga safarbarlikdan qochishga yordam berganmi yoki yo‘qmi, to‘liq aniq emas.

Avvalroq Dnepropetrovskda shifokorlar nazorati ostida qo‘l yoki oyog‘ini sindirish takliflari paydo bo‘la boshlagani xabar qilingandi. Mahalliy aholiga safarbarlikdan qochish taklif qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!