Isroil yangi shartlarni ilgari surmoqda – Reuters

 Isroil yangi shartlarni ilgari surmoqda – Reuters

Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va HAMAS bilan garovga olinganlarni qo‘yib yuborish sulh bitimi uchun yangi shartlarni ilgari surmoqda – Reuters.

Manbalarning aytishicha, iyul oyi boshida Qohirada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Isroil rasmiylari tinch aholi G‘azo sektorining janubidan shimoliga ko‘chayotganda tekshiruvdan o‘tishi kerak degan yangi shartni ilgari surgan. Shuningdek, Isroil o‘z armiyasiga G‘azo va Misr o‘rtasidagi chegarani nazorat qilishni talab qilgan.

HAMAS vakili esa "Isroil tomonining murosasizligi hamda muzokaralarni sekinlashtirish va kechiktirish taktikasi tufayli birmuncha vaqt oldin muzokaralar to‘xtab qolganini" aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil sektordagi mojaroni hal qilish o‘rniga yangi shartlarni ilgari suryapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!