Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda kamida 14 falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil askarlari G‘arbiy Sohilda kamida 14 falastinlikni qo‘lga oldi

Isroil askarlari oxirgi 24 soat ichida bosib olingan G‘arbiy Sohilda o‘tkazgan reydlarida kamida 14 nafar falastinlikni qo‘lga oldi.

Anadolu agentligining guvohlarga tayanib xabar berishicha, hibsga olishlar Jenin va Qalqilya shaharlarida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida amalga oshirilgan.

Jeninda Isroil askarlari falastinliklarning uylariga bostirib kirdi va 3 kishini qamoqqa oldi. Hibsga olishlar janjal bilan kechgan.

Falastinning rasmiy axborot agentligi WAFA xabariga ko‘ra, Isroil armiyasining zirhli texnikalari Jenin shahriga bir necha tomondan kirib, o‘t ochgan.

Nablus shaharlarida ham reydlar bo‘lib o‘tdi. G‘arbiy Sohil shimolidagi Qalkiliyada ham qo‘shinlar Falastinliklarning uylariga bostirib kirib, 11 kishini qo‘lga oldi.

Isroil armiyasi bir kun avval uch isroillik yaralangan voqeadan so‘ng Qalkilya shahri va ba’zi joylarni qamal qilishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, erta tongda Isroil harbiylari Al-Xalil, Tulkarm, Ramallah va Erixa shaharlarida reydlar o‘tkazdi.

Isroil 2023 yil 7-oktabrdan boshlab, blokadadagi G‘azo sektoriga ommaviy hujumlar uyushtirishi bilan Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga bosimni oshirdi. Falastinliklarga qarshi reydlar, hibslar va hujumlar tez-tez uchragan.

2023 yil 7-oktabrdan buyon 589 nafar falastinlik Isroil harbiylari va G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi Falastin yerlarini bosib olgan isroilliklarning hujumlari qurboni bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!