Pentagon COVID tarqalishi haqidagi ma’lumotlardagi xatoliklarni tan oldi

Pentagon COVID tarqalishi haqidagi ma’lumotlardagi xatoliklarni tan oldi

AQSh Mudofaa vazirligi Filippinda Xitoyning Sinovac koronavirus vaksinasini obro‘sizlantirish bilan shug‘ullanganini tan oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

"To‘g‘ri, Pentagon filippinlik auditoriyaga Sinovacning xavfsizligi va samaradorligini shubha ostiga qo‘ygan xabarlar yuborgan", — deyiladi AQSh Mudofaa vazirligi hujjati matnida.

Hujjatga ko‘ra, Amerika tomoni keyinchalik vaksinalarni obro‘sizlantirish kampaniyasi AQSh ustuvorliklariga mos kelmaydi degan xulosaga kelgan. Unda ta’kidlanishicha, AQSh harbiylari Filippin tomonini "2021 yil avgust oyida COVID-19 va COVID-19 vaksinalarining kelib chiqishi bilan bog‘liq ma’lumotlar tarqatishni to‘xtatgani" haqida ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!