Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri AQShda qo‘lga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri AQShda qo‘lga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli rahbari, “El Mayo” laqabi bilan tanilgan Ismael Zambada AQShda qo‘lga olindi

AQSh Adliya vazirligining xabar berishicha, Zambada 25 iyul kuni AQSh federal agentlari tomonidan Texas shtatining El-Paso shahrida hibsga olingan.

76 yoshli Zambada bilan birga jinoiy tashkilot asoschilaridan biri, hozirda AQSh qamoqxonasida o‘tirgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga olingan. The Wall Street Journal gazetasi narkobaronlarning qo‘lga olinishi borasida yozar ekan, Zambada ichki xavfsizlik bo‘yicha tergov va Federal qidiruv byurosining bir necha oy davom etgan operasiyasidan so‘ng, “Sinaloa”ning yuqori martabali a’zosi tomonidan samolyotga aldab chiqarilganini bayon qildi. Amerika nashrlari ushbu operasiya Oq uy rahbari Jo Bayden ma’muriyati davrida amalga oshirilgan eng katta operasiyalardan biri ekanligini yozmoqda.

BBC esa Zambada joriy yilning fevral oyida AQSh prokuraturasi tomonidan geroindan kuchliroq dori bo‘lgan fentanilni ishlab chiqarish va tarqatishds ayblanganini yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!