Ukrainada Bayraktar dronlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

Ukrainada Bayraktar dronlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

Ukrainada Turkiyaning Baykar kompaniyasiga qarashli Bayraktar dron ishlab chiqarish zavodi qurilishida oldinga siljish kuzatilmoqda, biroq u urush tugaganidan keyin foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasil Bodnar Euroneewsga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Baykarning Ukraina hududida zavod qurishi ikki yil avval ma’lum bo‘lgan edi. Zavod Bayraktar TB2 va Bayraktar Akinji dronlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Zavod 2025 yilda ishga tushishi kutilgan edi.

Ukrainaning strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin zavod qurilishi boshlanganini bir yil avval e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!