Barak va Mishel Obama Xarris nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda

Barak va Mishel Obama Xarris nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda

“Reyters” xabar berishicha, AQSh sobiq Prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel prezident saylovida Kamala Xarris nomzodini qo‘llab-quvvatlayapti.

– Barak va men pozitivligi, hazil tuyg‘usiga boyligi va butun mamlakat bo‘ylab odamlarga yorug‘lik, umid olib kelish qobiliyati uchun Demokratik nomzod sifatida uni yoqlayotganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi ijtimoiy tarmoq sahifasida Mishel Obama. – Biz sizni qo‘llab-quvvatladik, Kamala!

– Mishel va men hafta boshida do‘stimiz Kamala Xarrisga qo‘ng‘iroq qildik, – dedi Barak Obama. – Unga Amerika Qo‘shma Shtatlarining ajoyib Prezidenti bo‘ladi, deb o‘ylayotganimizni aytdik. Biz uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Mamlakatimiz uchun muhim pallada Xarris noyabr oyida g‘alaba qozonishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!