Germaniya va Britaniya harbiy hamkorlikni kuchaytiradi

Germaniya va Britaniya harbiy hamkorlikni kuchaytiradi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va uning britaniyalik yangi hamkasbi Jon Xili Berlinda “Mudofaa bo‘yicha qo‘shma deklarasiya”ni imzoladi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar qildi.

Ushbu deklarasiya har ikki davlat mudofaa sanoatini mustahkamlash, qurol va o‘q-dori ishlab chiqarish hamda xarid qilish bo‘yicha yaqin hamkorlikni nazarda tutadi.

– Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy amaliyotidan olishimiz zarur bo‘lgan saboq, – dedi Pistorius hujjatni imzolash marosimi paytida.

Xili esa ushbu muhim qadam Germaniya va Buyuk Britaniyaning mudofaa sohasida mavjud hamkorligini yanada kuchaytirishiga ishonch bildirdi.

– Biz birga kurashamiz va mashq qilamiz, – dedi qirollik Mudofaa vazirligi rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!