Mercedes-Benz Group AG 2024 yilning ikkinchi choragida sof foyda va daromadni kamaytirdi

Mercedes-Benz Group AG 2024 yilning ikkinchi choragida sof foyda va daromadni kamaytirdi

Germaniyaning Mercedes-Benz Group AG avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2024 yilning ikkinchi choragida avtomobillar sotuvining qisqarishi tufayli sof foyda va daromadning kamayganini ma’lum qildi, deb yozadi «Interfaks».

Kompaniya, shuningdek, joriy yil uchun rentabellik prognozini ham pasaytirdi.

Kompaniya press-reliziga ko‘ra, 2024 yilning aprelidan iyunigacha bo‘lgan davrda sof foyda 16 foizga kamayib, o‘tgan yilning shu davridagi 3,64 milliard yevroga nisbatan 3,06 milliard yevroni tashkil qildi. Foizlar va soliqlardan oldingi daromad (EBIT) 19% ga kamayib, 4,04 mlrd yevroga tushdi va tuzatilgan EBIT 22% ga kamayib, 4,05 mlrd yevroni tashkil qildi.

Kompaniyaning umumiy daromadi 4 foizga kamayib, 36,74 milliard yevroga yetdi. Yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi Mercedes-Benz Cars bo‘limidan tushgan daromad 4 foizga kamayib, 27,17 milliard yevroga yetdi. Yengil yuk mashinalari ishlab chiqaradigan Mercedes-Benz Vans kompaniyasining daromadi 7 foizga kamayib, 4,77 milliard yevroga yetdi. Mercedes-Benz Mobility bo‘limidan tushgan daromad 2 foizga kamayib, 6,35 milliard yevroni tashkil qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!