Ekologiya vazirligi "Anhor" parkidagi lenta-shou bekor qilinganini ma’lum qildi

Ekologiya vazirligi "Anhor" parkidagi lenta-shou bekor qilinganini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 28 iyul kuni Toshkentdagi «Anhor» parkida osmondan lentalar yog‘ilishi haqida video tarqaldi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan holat o‘rganildi. O‘rganish natijasida parkdagi «Amfiteatr»da «lenta-shou» uyushtirilishi, bunda animatorlar tomonidan lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatilishi, «osmondan lentalar yog‘ilishi» esa e’tiborni jalb qilish uchun aytilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bayram tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi, ekologiya uchun zararli ekanligi tushuntirildi. Natijada shu kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan «lenta-shou» bekor qilindi. Qolaversa, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar o‘chirildi.

Ekologiya vazirligi xiyobonlar, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar ob’ektlar mutasaddilarini yuqoridagi kabi atrof-muhitga zarar keltiradigan shoular o‘tkazmaslikka chaqiradi. Unutmang, ekologiyaga yetkazilgan har qanday zarar uchun qonunda qat’iy jazo belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!