Ukraina sudi Zinchenkoni ikki oy muddatga hibsga oldi

Ukraina sudi Zinchenkoni ikki oy muddatga hibsga oldi

Lvov sudi Oliy Radaning sobiq deputati Irina Farionning o‘ldirilishida gumon qilinuvchi Vyacheslav Zinchenkoni ikki oy muddatga hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasi sifatida tanladi. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Zinchenko garov puli to‘lash huquqidan mahrum qilingan.

Davlat ayblovchisi aynan shu ehtiyot chorasini talab qildi, deya ta’kidladi prokuratura.

Ayblanuvchining himoyasi suddan Zinchenkoni 24 soatlik uy qamog‘iga o‘tkazishni so‘radi.

Gumonlanuvchi 26 iyul kuni tushdan keyin qasddan odam o‘ldirishda ayblangan.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni futbolchi-qotil Vyacheslav Zinchenko Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Irina Farionga qarata o‘t ochgan edi. O‘q nishonga tegdi. U og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, Farion kasalxonada vafot etdi. Ukrainada qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha jinoiy ish ochildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!