Timur Kapadze: "Legionerlarimiz bizga qo‘shimcha kuch berishdi"

Timur Kapadze: "Legionerlarimiz bizga qo‘shimcha kuch berishdi"

U23 Osiyo kubogi chorak final o‘yini oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Ushbu bosqichga yetib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi va biz o‘yinga tayyormiz.

Raqib haqida:
– Albatta raqibimiz o‘ziga yarasha kuchli jamoa. Bu jamoa bilan ko‘p o‘ynaganmiz. Jamoa va uning murabbiyi imkoniyatlari haqida bilamiz. Biroq biz ham o‘z strategiyamiz va rejamiz bo‘yicha harakatlanamiz.

2 yil avvalgi Saudiya Arabistoni haqida:
– 2 yil ichida har ikkala jamoa ham o‘zgardi, deb o‘ylayman. O‘z o‘rnida biz ham o‘sishga erisha oldik, tajriba to‘pladik. Ertaga o‘z rejamiz asosida harakatlanib, g‘alaba qozonmoqchimiz.

Legionerlarning moslashuvi haqida:
– Ular tarkibimizga yetib kelganidan xursandmiz. Legionerlarimiz bizga qo‘shimcha kuch berishdi. Allaqachon moslashib ulgirishdi. Ular hatto o‘tgan uchrashuvda ham maydonga tushishdi. Ertaga esa, ko‘ramiz, kim tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!