TIME yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi: ro‘yxatda Navalnaya ham bor

TIME yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi: ro‘yxatda Navalnaya ham bor

Bu safar «Etakchilar» toifasiga rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya kiritildi.

Bu yilgi «Etakchilar» orasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va birinchi xonim Yelena Zelenskaya yo‘q. 2022 va 2023 yillarda ular ro‘yxatga kiritilgan edi.

Shu bilan birga, ro‘yxatda ukrainaliklardan faqat prezident devonining rahbari Andrey Yermak bor.

TIME nufuzli shaxslar ro‘yxatiga Polsha bosh vaziri Donald Tusk, Argentina prezidenti Xavyer Miley, Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni va Xitoy bosh vaziri Li Syan ham kiritilgan.

TIME 100 ro‘yxati Amerikaning TIME jurnali tomonidan 1999 yilda ta’sis etilgan. Unga «San’atkorlar», «Kumirlar», «Kashshoflar», «Titanlar», «Innovatorlar» va «Etakchilar» toifalari bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli odamlar kiritiladi.

2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlaganida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Etakchilar» toifasida yilning eng nufuzli odami deb e’lon qilingan edi. 2023 yilda Yelena Zelenskaya ham TIME 100 ro‘yxatiga kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!