Tezkor! Garovga olingan ayol ozod qilindi: voqea joyiga spesnaz yuborildi

Tezkor! Garovga olingan ayol ozod qilindi: voqea joyiga spesnaz yuborildi

Issiq-ko‘l viloyati ichki ishlar boshqarmasi garovga olingan ayol ozod qilingani haqida ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Ayolni garovga olgan shaxs uni qo‘yib yubordi va u oromgohga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, “Xan-Tengri” oromgohi qorovuli Xitoy bilan yaqin bo‘lgan chegaradagi oshxonaga kirib, oromgoh boshlig‘i o‘rinbosari va ishchisini otib o‘ldirgan. Shundan so‘ng 48 yoshli ayolni garovga olib, hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda gumonlashuvchini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operasiya olib borilmoqda, voqea joyiga spesnaz jangarilari yuborildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!