Tayyor turing! Gaz ballonli avtomobillar va gaz quyish shoxobchalari tekshiruvdan o‘tkaziladi

Tayyor turing! Gaz ballonli avtomobillar va gaz quyish shoxobchalari tekshiruvdan o‘tkaziladi

Mamlakatdagi gaz balloni o‘rnatilgan avtotransport vositalari, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatuvchi gaz quyish stansiyalari ikki oy muddatdan tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 18 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Kogon tumani “G‘uzor-Buxoro-Nukus” A-380  avtomobil yo‘lining 201-kilometrida sodir bo‘lgan fojiaga doir farmoyish imzolagani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, mamlakatdagi gaz balloni o‘rnatilgan avtotransport vositalari, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatuvchi gaz quyish stansiyalari ikki oy muddatda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinboosari – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov bosh-qosh bo‘ladi. Qolaversa, tabiiy gazda ishlaydigan qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalarning texnik holatini puxta hamda har tomonlama xatlovdan o‘tkazish ham alohida vazifasi sifatida yuklangan. Xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalaniladigan avtotransport vositalari, gaz quyish stansiyalari, qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq avariyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Eslatib o‘tamiz, avtobusdagi gaz balloni portlashi natijasida 26 yo‘lovchidan 4 nafari hodisa joyida va 1 nafari shifoxonada vafot etgan. 21 nafar yo‘lovchining 5 nafari og‘ir, 7 nafari o‘rta og‘ir hamda 9 nafari yengil jarohan olgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB tergov boshqarmasi zimmasiga yuklatildi va viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi. 

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!