Tanamizda eng ko‘p uchraydigan 5 ta vitamin va minerallarning yetishmasligi nimalarga sabab bo‘lishi mumkin?

Tanamizda eng ko‘p uchraydigan 5 ta vitamin va minerallarning yetishmasligi nimalarga sabab bo‘lishi mumkin?

Tanamizda eng ko‘p uchraydigan 5 ta vitamin va minerallarning yetishmasligi nimalarga sabab bo‘lishi mumkinligini bilasizmi?

“Dori-Darmon” AK xuddi shu haqda ma’lumot berdi.

1. Temir moddasining yetishmasligi.

Oziqlanishning eng keng tarqalgan kamchiliklaridan biri. Bu dunyo bo‘ylab odamlarning 25 foizidan ko‘prog‘ida uchraydi. Temir yetishmasligi natijasida eng eng keng tarqalgan kasallik - bu anemiya

2. Yod tanqisligi.

Yod yetishmovchiligining eng keng tarqalgan belgisi qalqonsimon bezning kattalashishi bo‘lib, u vazn ortishi bilan ham namoyon bo‘lishi mumkin.

3. D vitamini yetishmovchiligi.

 Insolyasiya darajasi past bo‘lgan mintaqalarda  D vitamini yetishmasligi juda keng tarqalgan.

4. A vitaminini yetishmasligi.

 A vitamini yog‘da yeriydigan vitamin hisoblanadi.  U terining, tishlarning, suyaklarning, hujayra membranalarining sog‘lig‘i va ko‘z ravshanligiga yordam beradi.

5. Magniy tanqisligi.

Magniy tanamizdagi 300 dan ortiq fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadigan asosiy mineraldir.  Magniyning kuchli yetishmovchiligi  yurak ritmining buzilishi, mushaklarning qisqarishi va oyoq sog‘rig‘iga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!