Tadqiqot: D3 vitamini depressiyaning oldini olmaydi

Tadqiqot: D3 vitamini depressiyaning oldini olmaydi

D3 vitaminini uzoq muddat iste’mol qilish, ba’zi tadqiqotchilar ilgari ishonganidek, depressiyani oldini olish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Bu xulosaga amerikalik olimlar keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazgandan keyin kelishdi, deb xabar beradi "Interfaks".

Ta’kidlanishicha, besh yil davom etgan tadqiqot davomida 50 yoshdan oshgan ayollar va erkaklar qatnashgan. Birinchi guruh D3 vitaminini, ikkinchisi esa plasebo qabul qilgan.

Natijada olimlar uzoq muddatli tadqiqot jarayonida ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bo‘yicha sezilarli farqlarni topa olishmagan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!