Surxondaryolik ayol diabet kasalligi uchun dori yaratdi

Surxondaryolik ayol diabet kasalligi uchun dori yaratdi

Sho‘rchi tumanining Shaldiroq mahallasida tug‘ilgan Mohira Allanazarova 2021 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan «Eng yaxshi yosh olim - 2021» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Uning tadqiqoti qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun dori yaratishga qaratilgan. Bu tadqiqot natijasida yurtimizda o‘sadigan qizilmiya, topinambur, zira, tikanli na’matak, arpabodiyon, zarchova, zanjabil, oqbosh kabi giyoh va o‘simliklardan «Glyukleko plyus» kapsulasi olingan.

Endilikda u 40 yoshdan oshgan ayollar uchun dori yaratish ustida ish olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!