Surxondaryodagi mehmonxonada yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi mehmonxonada yong‘in chiqdi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida shu yilning 4 dekabr kuni “Yangi shahar” MFY hududida joylashgan “Turon” mehmonxonasida elektr chirog‘i o‘chib qayta yonishi oqibatida mehmonxonaning yerto‘lasida turgan gaz ballonidan sizib chiqib, to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada mehmonxonaning birinchi qavatidagi eshik va derazalarning oynasi sinib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!