Surxondaryoda yuqori tezlikda harakatlangan yuk mashinasi ayolni urib ketdi

Surxondaryoda  yuqori tezlikda harakatlangan yuk mashinasi ayolni urib ketdi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 11 oktyabr kuni yuk mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda ayolni urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea shu kuni soat 17:10 atrofida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi «Gaz 53» yuk mashinasida Sho‘rchi–Qumqo‘rg‘on yo‘nalishida harakatlanib ketayotganda sodir bo‘lgan. Haydovchi mashinada yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani turtib yuborgan. Oqibatda 1963 yilda tug‘ilgan ayol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Qayd etilishicha, voqea joyi o‘rganilganda tezlikni nazorat qiluvchi radar o‘rnatilgani, shovqin chiziqlari, yo‘l yotiq chiziqlari, yo‘l belgilari mavjudligi aniqlangan. YTHga haydovchi yuqori tezlikda harakatlangani ham sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!