Surxondaryoda mol o‘g‘risi ushlandi

Surxondaryoda mol o‘g‘risi ushlandi

Shu yil 14 oktyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchi Z.S. (ismli ayol)ning hovlisidagi molxonasidan 1 bosh qoramolini o‘g‘irlab ketgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Oqqo‘rg‘on mahallasida yashovchi B.I. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!