Surxondaryoda ayol boshqa bir ayolni — shifokorni kaltakladi

Surxondaryoda ayol boshqa bir ayolni — shifokorni kaltakladi

Ayol! Ha, ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalambor onalar siymosi gavdalanadi. Ayol — bu hayot falsafasini yaratgan siymo. Ana shunday betakror tarifga munosib ayollarimiz xayotimizga nur, qalbimizga huzur bagishlaydilar. Ammo oramizda ayrim ayollarimiz borki, ularning qilmishi ayol degan shunday ulug‘ nomga dog‘ tushiradi.

Voqea tafsilotiga ko‘ra, Dilnoza Jalilovaning (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) 2019 yil 29 oktyabr kuni soat 21:00 da Termiz shahar “Farhod” mahallasida joylashgan Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining qabul bo‘limida xizmat olib borayotgan shifokor Turdiqulova Nilufar Nurmamatovnaga voyaga yetmagan jiyani Musurmonqulov Isroil betob bo‘lib, ahvoli og‘irlashganligi sababli birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishini so‘rab murojaat qilganida, N.Turdiqulova e’tiborsizlik qilib qaramaganligini va 3-qavatda jonlantirish bo‘limida ukasi Shernayev Behruzga qo‘pol muomalada bo‘lganligini vaj qilib, N.Turdiqulovaning tanasining turli joylariga qo‘llari bilan bir necha marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan. Natijada fuqaro N.N.Turdiqulova Respublika shoshilinch tibbiy yordam amaliy markazi Surxondaryo filialiga murojaat qilgan.

Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, ish bo‘yicha taraflar muzokarasi, jinoyat ishi hujjatlari o‘rganilib, sudlanuvchining aybi isbotlandi.

Sudlanuvchi Dilnoza Jalilovaga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) jazo turi va muddatini tayinlashda aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, ayolligi, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olgan holda, sudlanuvchiga nisbatan 6 (olti) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Albtatta, jinoyatga jazo muqarar! Zero, jazo maqsadi xam jinoyat sodir etgan mahkumni axlokan tuzatish, uning yangi jinoyat sodir etishining oldini olishdan iboratdir. O‘ylaymizki, maqolamiz qahramoni ham o‘ziga berilgan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqaradi.

Vohidjon Norbekov

Jinoyat ishlari buyicha Termiz shaxar sudi raisi

Sherali Qodirov

Jinoyat ishlari buyicha Boysun tuman sudi devonxona mudiri


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!