Suriyadagi AQSh tomonidan bosib olingan hudud jangarilari provokasiyalar tayyorlamoqda

Suriyadagi AQSh tomonidan bosib olingan hudud jangarilari provokasiyalar tayyorlamoqda

AQSh tomonidan bosib olingan Al-Tanf hududida harakat qilayotgan jangarilar Suriya ob’ektlariga qarshi provokasiyalar tayyorlamoqda, dedi Suriyadagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari o‘rinbosari general-mayor Oleg Yegorov.

“AQSh tomonidan bosib olingan Al-Tanf hududida faoliyat yuritayotgan “Magavir es-Saura” noqonuniy qurolli guruhi jangarilari Suriya arab armiyasiga qarshi provokasiyalar tayyorlamoqda”, — deya Yegorov so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

Avvalroq Rossiya Aerokosmik kuchlari Idlibda “Jabhat an-Nusra” guruhining 20 dan ortiq yuqori martabali a’zolarini yo‘q qilgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!