"Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaydimi?

"Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaydimi?

Koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaydi. Bu haqda Gamaleya nomidagi markaz direktori o‘rinbosari Denis Logunov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samaradorlik 2,6 martaga pasaygan.

"Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, 2,6 martaga pasayish – bu sezilarsiz pasayish, bu boshqa vaksinalarga nisbatan ko‘p emas", dedi Logunov.

Uning ta’kidlashicha, samaradorlik pasayishiga qaramasdan, "Sputnik V" hindcha shtammdan himoya qiladi.

Koronavirusning delta-varianti hindcha shtamm bo‘lib, Buyuk Britaniya shtammidan (alfa-variant) so‘ng tarqala boshladi. Virusning ushbu turi 80dan ortiq mamlakatda aniqlandi va tarqalish jarayonida mutasiyaga uchrashda davom etmoqda.

JSSTning ma’lumot berishicha, koronavirusning delta-varianti alfa-variantiga nisbatan 60 foizga faolroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!