Sirdaryoda yuk avtomobillari to‘qnashdi

Sirdaryoda yuk avtomobillari to‘qnashdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 mart kuni soat 13:30larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 84-kilometrida, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.YA. boshqaruvidagi "Kamaz-5410" rusumli hamda haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan Z.X. boshqaruvida bo‘lgan "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Zarb oqibatida "Kamaz-5410" rusumli yuk avtomobili ag‘darilgan.

Sirdaryoda yuk avtomobillari to‘qnashdiTo‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. 

Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritish va YTH sabab yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. 

"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!