Sirdaryoda o‘z farzandini pullagan onaga sud hukmi o‘qildi

Sirdaryoda o‘z farzandini pullagan onaga sud hukmi o‘qildi

Ko‘pincha odam savdosi haqida gap ketganda biz insonlarni chet el yurtlariga turli maqsadlarda sotib yuborgan kimsalarni ko‘z oldimizga keltiramiz, biroq oramizda o‘z farzandini-go‘daklarni sotishdan tiyilmagan kishilar ham uchrayotganligi juda achinarli hol.

Navoiy viloyatida tug‘ilgan S.Izbosarova tengdosh dugonalari kabi oydek kelin bo‘lish o‘rniga yengil hayotni ustun qo‘ydi, buning oqibatida ota-ona ham uning yurish-turishini o‘z nazoratidan chiqarib yuborishdi, uyidan chiqib ketib, ko‘cha-kuyda yigitlar bilan ishqiy munosabatlarga kirishib ketdi, tabiyki u homilador bo‘lib qoldi, 2020 yil 1 dekabrda S.Izbosarova o‘g‘il farzand ko‘rib, unga Bilolbek ism qo‘yyadi, tabiiyki, tayinli uy-joyi bo‘lmagani bois, bolasini boqish va tarbiyalashga juda qiynaldi. Tanish-bilishlaridan so‘rab-surishtirib, Bilolbekni sotib yuborishni rejalashtirib, “xaridor” topishga kirishdi.

Shundan so‘ng, 2021 yil 25 fevral kuni soat 12-00 larda Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston shahar, “Namuna” mahallasida joylashgan “Nikoh uyi” ro‘parasidagi avtoturargohda S.Izbosarova o‘zining o‘g‘il farzandi “Bilolbek”ni tezkor tadbirga “haridor” sifatida jalb etilgan Sirdaryo viloyati IIB xodimi B.Dovudovga 3.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, bolani unga topshirib, undan oldindan kelishilgan, maxsus kimyoviy ishlov berilgan 3.000 AQSh dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Sud majlisida S.Izbosarova qilmishidan pushaymonligini bildirib, qonuniy yengillik so‘radi, sud barcha holatlarni inobatga olib, unga tegishli qonuniy jazosini tayinladi va odam savdosi qurboni bo‘lgan go‘dak vasiylik organlariga topshirildi.

B.Mamadaminov,
Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi

U.Djumayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudiing raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!