Shveysariya joriy yilda Ukrainaga 160 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Shveysariya joriy yilda Ukrainaga 160 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Shveysariya 2024 yilda Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun 150 million frank (taxminan 164 million dollar) ajratadi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar federal departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

"2024 yilda gumanitar yordam, hamda Ukraina va mintaqani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik uchun 150 million Shveysariya franki ajratiladi", deyiladi xabarda.


Bundan tashqari, 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan xalqaro hamkorlik strategiyasi doirasida Shveysariya Federal kengashi ushbu davrda Ukrainaga 1,5 milliard frank (1,64 milliard dollar) miqdorida qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

«Shveysariya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va tiklanishiga muhim hissa qo‘shish niyatida», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!