Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri Shayx Muhammad Ol Maktum, vise-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikning qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni oshib bormoqda. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetdi.

Energetika, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va boshqa sohalarda yirik loyihalarni tezlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!